Tbilisida garovdagilar ozod etildi, bosqinchi qo‘lga tushdi
Tbilisida mikromoliyaviy idora binosida garovga olinganlarning hammasi ozod etildi, jinoyatchi hibsga olindi, deya xabar berdi «Sputnik» Gruziya poytaxti patrul politsiyasi rahbariyatiga tayanib.
«Tbilisi patrul politsiyasi rahbari Vaja Siradze garovga olingan to‘qqiz kishining hammasi ozod qilinganini, bosqinchi qo‘lga tushganini tasdiqladi. Seretelidagi maxsus operatsiya muvaffaqiyatli tugadi, odamlardan hech kim shikastlanmadi», — deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq Tbilisidagi tashkilotda to‘qqiz kishi garovga olingani haqida xabar bergandik.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum taxminan soat 16:30 larda sodir bo‘lgan, voqea joyida maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Bosqinchi bank foizlari va ayrim dori-darmonlarning narxini pasaytirishni, shuningdek, mamlakat hududida qimor o‘yinlarini taqiqlovchi qonun qabul qilinishini talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter