Tataristonda to‘rt o‘rinli samolyot halokatga uchradi
Tataristonda to‘rt o‘rinli samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.
«Cessna 172 samolyoti Kamskoye Uste posyolkasidagi palatkali lager yonida sayr parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. O‘ta past balandlikda manyovrni bajarish vaqtida yerga urilgan», — deya xabar berdi «Interfaks» shoshilinch yordam xizmati xodimlariga asoslanib.
Samolyot yerga urilib, yonib ketgani aytilmoqda.
Uch kishi, jumladan, uchuvchi halok bo‘lgan, bir yo‘lovchi samolyot qulashi arafasida yerga sakrab, omon qolgan, biroq u juda og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter