Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tasodifiy xato kanadalikni millionerga aylantirdi

Tasodifiy xato kanadalikni millionerga aylantirdi

Foto: «Western Canada Lottery Corp.»

Ikkita bir xil lotereya chiptasini sotib olgan Kanada fuqarosi 3,8 million AQSh dollari yutib oldi.

Omadli chipta(lar) sohibi — Alberta viloyatida yashovchi Endryu Byork ismli kishi. Mashinasini yonilg‘i quyish shoxobchasida to‘ldirgan bu erkak qaytimiga lotereya sotib olgan.

Byork shoshilinchda xato qilganini uyiga qaytgach angladi: har xil kombinatsiyali ikkita chipta o‘rniga ikkita bir xilini sotib olibdi.

Ammo parvo qilmay lotereyalarni bir chetga olib qo‘yadi. Lotereya o‘ynalgan kuni, omadni qarangki, uning raqamlariga jekpot chiqdi. Eng qizig‘i, har ikki lotereyasi ham yutuqli.

Ushbu lotereya nizomiga ko‘ra, pul mukofoti, agar da’vogarlar bir necha nafar bo‘lsa, o‘zaro bo‘linadi. Ammo Endryuning yakka o‘zida ikkita jekpotli chipta. Shuning uchun unga har biri 2,5  million Kanada dollarilik sertifikat berildi, umumiy hisoblaganda, 3,8 million AQSh dollaridan oshadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring