Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda birinchi marta: Tanzaniyada ayol kishi prezident bo‘ldi

Tarixda birinchi marta: Tanzaniyada ayol kishi prezident bo‘ldi

Foto: AP/TASS

Tanzaniya tarixida ilk marotaba ayol kishi mamlakat prezidenti bo‘ldi, deb xabar berdi «Interfaks» agentligi.

Ilgari vitse-prezident lavozimida ishlab kelgan Samia Suluhu Hasan bugun, juma kuni prezident sifatida qasamyod qildi.

«Men, Samia Suluhu Hasan, halol bo‘lishga, Tanzaniya konstitutsiyasiga amal qilish va uni himoya qilishga va’da beraman», — dedi 61 yoshli yangi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Tanzaniyaning amaldagi prezidenti Jon Magufuli 17-mart kuni 61 yoshida vafot etgandi. Magufuli 2015-yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring