Tailanddagi bolalar markaziga hujum uyushtirildi. Qurbonlar bor
Bugun Tailand shimoli-sharqidagi bolalar markaziga sobiq politsiyachi bostirib kirib, 30 dan ortiq odamni o‘ldirdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand shimoli-sharqidagi bolalar markaziga sobiq politsiyachi bostirib kirib, 30 dan ortiq odamni o‘ldirgan. Keyin qochib, o‘z joniga qasd qilgan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 2020 yil boshida Tailandda ko‘chmas mulk bitimidan g‘azablangan askar g‘alayonda kamida 29 kishini o‘ldirgan va 57 kishini yaralagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter