Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailandda suv ustida uy qurgan amerikalik qatl qilinishi mumkin

Tailandda suv ustida uy qurgan amerikalik qatl qilinishi mumkin

Foto: «Reuters»

AQSh fuqarosi Chadu Elvartovski va uning rafiqasi Suprani Tepdetga Tailandda o‘lim jazosi berilishi mumkin. Bunga sabab sifatida ular Tailandga tegishli bo‘lgan xududdagi suv ustida uy qurgani ko‘rsatilmoqda.

Tailand hukumati bergan ma’lumotga qaraganda 20 metrlik platforma Pxuket qirg‘oqlaridan 19 kilometr uzoqlikda qurilgan. Elvartovski esa uyi qirg‘oqdan 24 kilometr uzoqlikda ekanini da’vo qilmoqda. Bunday holatda u Tailand qonunchiligiga dahldor bo‘lmaydi.

Agarda Elvartovski va rafiqasi Tepdet mamlakat qonunchiligini buzgani isbotlansa, ularga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Er-xotin uy qurish uchun Tailand hukumatidan ruxsat olmagan. Endi harbiy-dengiz floti mamlakat hukumati bilan uchrashib, bir qarorga kelishi lozim.

Chadu Elvartovski o‘z vaqtida AQSh armiyasida injener-dasturlovchi sifatida ishlagan. U rafiqasi bilan Ocean Builders harakati a’zosi hisoblanadi. Bu harakat ishtirokchilari hech bir mamlakat qonunchiligiga tushmaydigan neytral xududlardagi suv ustida uy quradi va shu tariqa yashab keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring