Suvayshda ishlar zo‘r

Suvaysh kanalidan o‘tuvchi kemalar soni 2021-2022-moliyaviy yilda 15 foizga ko‘paydi. Bu haqda Egypt Today kanal boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
«30-iyunda yakuniga yetuvchi 2021-2022-moliyaviy yilda Suvaysh kanali orqali 22 mingta kema suzib o‘tdi», — dedi Suvaysh kanali boshqarma boshlig‘i, general-leytenant Usama Robiya.
Oldingi moliyaviy yilda kanal Misr g‘aznasiga $5,8 milliard daromad keltirgan bo‘lsa, bu yilgisi 7 milliard dollarga yaqinlashib qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter