Suriyada shifoxonaga uyushtirilgan hujum natijasida 13 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning Afrin shahrida shifoxonaga qilingan hujum natijasida 13 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Turkiyaning Anadolu axborot agentligi.
Unga ko‘ra, hujum Turkiya hukumati terrorchi deb tan olgan Kurdiston ishchilar partiyasining (PKK) jangchilari tomonidan amalga oshirilgan.
Avvalroq agentlik olti fuqaro halok bo‘lganligi haqida xabar bergandi.
Suriyaning shimolida qurolli to‘dalar tomonidan qo‘lga olingan boshqa aholi punktlarida bo‘lgani kabi Afrinda ham terrorchilik hujumlari muntazam ravishda kuzatilmoqda. Odatda hukumatga qarshi guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash natijasida binoga joylashtirilgan bomba yoki minalashtirilgan avtomobil portlatiladi. Biroq bunday terrorchilik harakatlari natijasida, birinchi navbatda, tinch aholi halok bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter