Suriyada rus general-mayori o‘ldirildi
Suriyada avtokolonnaga uyushtirilgan hujum oqibatida general-mayor unvonidagi Rossiya katta harbiy maslahatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida yana ikki nafar rossiyalik harbiy jarohatlangan. Harbiy avtokolonna Dayr-az-Zor hududi yaqinida gumanitar aksiyadan qaytayotgan vaqtda qo‘lbola portlovchi moslama ishga tushirilgan.
Yuqori lavozimli zobit darhol evakuatsiya qilingan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter