Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Foto: «Cpusa.org»

Sudan qurolli kuchlari mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishni rejalashtirgan yuqori lavozimli harbiylarni qo‘lga oldi. Bu haqda «Regnum» agentligi «Anadolu Ajansi» ma’lumoti asosida xabar berdi.

«Hibsga olish kampaniyasiga ko‘ra, mamlakatning ikki nafar sobiq harbiy yetakchisi hibsga olindi», — dedi maxsus amaliyot tafsilotlarini va o‘zining kimligini ochiqlamagan manba.

2019-yilning 11-aprel kuni Sudanda harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, mamlakat prezidenti Umar al-Bashir hukumati ag‘darilgani haqida xabar bergandik. Ayni paytda Sudan muvaqqat Harbiy kengash tomonidan boshqarilmoqda.

Mamlakatda norozilik aksiyalari davom etyapti — xalq hukumat fuqarolik muxolifati qo‘liga topshirilishini talab qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring