Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudanda 16 mingta qo‘y cho‘kib ketdi

Sudanda 16 mingta qo‘y cho‘kib ketdi

Sudanning Suakin portida bortiga salkam 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi. Sky News Arabia telekanali xabar berishicha, ortiqcha yuklanish, to‘g‘rirog‘i, besh qo‘lni baravar og‘izga tiqish kemani cho‘ktirgan.

 

Telekanalga intervyu bergan port vakilining aytishicha, Saudiya Arabistoniga (Qurbon hayiti munosabati bilan) jo‘natish uchun 15 800 bosh qo‘y ortilgan «Al-Badr-1» kemasi portning o‘zidayoq suvga g‘arq bo‘lgan. Aslida bu kema ko‘pi bilan 9 ming boshgacha jonivorga mo‘ljallangan, biroq keyinchalik kema konstruksiyasi o‘zgartirilib, maksimal yuk ko‘rsatkichi 12 ming boshgacha oshirilgandi. Shu ham kamlik qildi... salkam 4 ming bosh ortiqcha qo‘yni kemaga amallab sig‘dirishdi. Lekin fizikani aldab bo‘lmaydi...

Darvoqe, kema ekipaji vaqtida evakuatsiya qilingan, odamlar sog‘-omon.

Ko‘p minglab jonivorlarning halokati Qizil dengizda jiddiy ekologik muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring