Stokgolmda yana Qur’on yoqib yuborildi
Shvetsiya politsiyasi parlament binosi yonida yana Qur’onni yoqib yuborishga ruxsat berdi.
Bu ishni iroqlik ikki muhojir Salvan Momika va Salvan Najem amalga oshirdi. Maydonga 60 ga yaqin odam to‘plangan bo‘lsa, ulardan 20 nafari jurnalist bo‘lgan.
Momika va Najem Muqaddas kitob nusxasini tepib, ustiga bosib, so‘ng sahifalariga o‘t qo‘yishgan. Bunga qarshi bir nechta musulmonlar «kitoblarni yoqish – bu demokratiya emas» deb baqirgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muqaddas Qur’on kitobiga cho‘chqa yog‘i surtib, so‘ng omma oldida yoqib yuborgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter