Sofiyalikning kvartirasidan 300 kilodan ortiq kokain chiqdi
Sofiya fuqarosidan 350 kilogrammdan ortiq kokain musodara qilindi, giyohvand moddalarning aksar qismini o‘zining kvartirasida saqlagan, deya xabar berdi Bolgariya milliy radiosi poytaxt prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib.
Og‘irligi 40 kilogramm keladigan kokainning birinchi partiyasi 31 yoshli yigitning avtomobilidan chiqqan. Kvartirasida tintuv o‘tkazgan tergovchilar yana 320 kilogramm kokain topishgan.
300 xaltachaga qadoqlangan giyohvand modda ikki qismga ajratilgan bo‘lib, bir qismi yotoqxona javonida, ikkinchi qismi oshxonada saqlangan.
Bolgariya IIV hisob-kitobiga ko‘ra, partiya qora bozorda 81 million lev (taxminan 41 million yevro)ga baholanadi. 35-40 kilogramm giyohvand modda mamlakat ichkarisida sotishga, qolgan yuk esa Yevropa va Osiyo davlatlariga jo‘natishga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter