Sobiq prezident Kravchuk: «Qornimgamas, qadrimga yig‘layman»

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk
Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kravchuk «NV» jurnaliga bergan intervyusida pensiyasidan nolib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning sobiq rahbariga, belgilab qo‘yilganidek, prezidentlik pensiyasini emas, balki deputatlik pensiyasini berishmoqda...
— Menda prezident pensiyasi yo‘q! Deputatlik pensiyasi — 18 ming griven olaman, bu uyat va sharmandalik, — dedi Kravchuk.
Muntazam shu masalani ko‘tarib chiqayotgan sobiq prezidentning arzini har safar hukumat bee’tibor qoldirmoqda.
Mavzuga oid: Poroshenkoning maoshi qancha?
Siyosatchi, to‘g‘rirog‘i, pensiyasi miqdoridanmas, mamlakat ravnaqiga qo‘shgan hissasi qanday baholanayotganidan kuyinmoqda. Holbuki, uning ta’kidlashicha, sobiq prezidentdan kam xizmat qilgan, biroq ko‘proq pensiya olayotganlar soni Ukrainada oz emas.
— Xizmatimga yarasha to‘langlar! — degan Kravchuk o‘z so‘zi nihoyasida.
Ma’lumot uchun: Leonid Kravchuk — Ukrainaning birinchi prezidenti bo‘lib, 1991-yilning 5-dekabridan 1994-yilning 19-iyuliga qadar mamlakatni boshqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter