Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezident yana deyarli 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sobiq prezident yana deyarli 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto:«Telekanal 24»

Braziliyaning 2003-2011-yillardagi rahbari Luis Inasio Lula da Silva korrupsiya va pul yuvishda ayblanib 12 yil-u 11 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Meduza» nashri xabar berdi.

2016-yilda ham Lula da Silva yana boshqa ayblovlar bilan allaqachon 9 yil-u 6 oyga qamalgan edi.

Keyinchalik Braziliya Oliy Sudi uning muddatini 12 yilga oshirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq prezidentga nisbatan jami 7 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ulardan bittasida da Silva oqlangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring