Sobiq jahon chempioni zo‘ravonlik uchun hibsga olindi
![Sobiq jahon chempioni zo‘ravonlik uchun hibsga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1965603649.jpg)
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Jermen Teylor oilaviy zo‘ravonlik uchun hibsga olindi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».
Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli sportchi turmush o‘rtog‘ini do‘pposlagan, pichoq tiragan va o‘lim bilan qo‘rqitgan. U Arkanzas shtati markazi Litl-Rokeda qo‘lga olingan.
Bokschi qamoqxonaga olib ketilgan. Unga oilaviy zo‘ravonlik va hujum qilish aybi qo‘yilgan. Aytilishicha, sobiq sportchi Pulaski shtatidagi qamoqxonaga garov puli evaziga chiqish imkoniyatisiz jo‘natilgan.
Jermen Teylor boksdagi faoliyatini 2014 yili tugatgan edi. U 2016 yilda ham turli qonunbuzarliklar, jumladan o‘z qarindoshini o‘ldirgani sabab sabab olti yillik shartli jazoga mahkum etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter