Kishinyovda sobiq elchining o‘g‘li otib tashlandi

Moldovaning Rossiyadagi sobiq elchisi Anatoliy Seranning o‘g‘li Teodor otib tashlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Poytaxt Kishinyov shahrining Buyukan mavzesida o‘q ovozi eshitilgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Voqea joyiga patrul bataloni jo‘natildi. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari voqea joyidan 30 yoshli kishining o‘q yegan jasadini topishdi. Qisqa fursatda 32 yoshli jinoyatchi ham qo‘lga olindi», – deyiladi xabarda.
Otib ketilgan kishi Moldovaning Rossiyadagi sobiq elchisi Anatoliy Seranning o‘g‘li Teodor Seran ekani aniqlandi.
Voqea joyidan to‘pponcha topilgan. Sovuq qurol bilan elchining o‘g‘li hayotiga nuqta qo‘yilgan.
Jinoyatchi qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Politsiya bosh inspeksiyasi boshlig‘i Aleksandr Pinzarning aytishicha, jinoyatchi qurbonning qo‘shnisi bo‘lgan.
Yoshlar o‘rtasida janjal chiqqan. Jinoyatchi ushlanganida mast holda bo‘lgan.
Moldova qonunlariga ko‘ra, jinoyatchi 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter