Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Snaryadlar yonimizda portlardi. Arisdan evakuatsiya qilinganlar Chimkent ko‘chalarini to‘ldirdi

Snaryadlar yonimizda portlardi. Arisdan evakuatsiya qilinganlar Chimkent ko‘chalarini to‘ldirdi

Qozog‘istonning Aris shaharchasidagi harbiy qismda joylashgan o‘q-dori omborxonasida portlash bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Tengrinews.kz tomonidan xabar qilinishicha, ayni vaqtda Chimkent ko‘chalarida harakatlanish juda qiyinlashgan. Arisdan evakuatsiya qilinganlar jazirama issiqda uy-joylarini tashlab kelishmoqda. Chimkent aholisi shaharlararo yo‘lga chiqib, qochqinlarga suv yetkazib berib turibdi.

Mashinalar evakuatsiya qilingan aholi bilan liq to‘la. Aris xalqi portlash hududidan chiqishda bir-biriga yordam ko‘rsatgani aytilmoqda. Shu bois mashinalarda birorta bo‘sh joy yo‘q.

Evakuatsiya uchun hatto yuk mashinalari jalb etilgan, yo‘lda piyoda qochib kelayotganlar olib ketilmoqda. Politsiya yo‘ldagi tiqilinchni nazorat qilishga ulgurmayapti. Mashinalar tiqini o‘nlab kilometrga cho‘zilgan.

«Avvaliga nima bo‘layotganini tushuna olmadik, birorta ham samolyot yoki vertolyot ko‘rinmadi. Bolalar biz bilan. Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Qani rahbariyat, qani favqulodda vaziyatlar vazirligi, biz shunchaki to‘g‘ri kelgan mashinaga o‘tirib kelmoqdamiz. Men kasalxonaning dorixonasida ishlayman. Portlash bo‘lganda bolalarim, nevaralarim yoniga yugurib bordim. Hozir hammamiz birga ketyapmiz. U yerda, dashtda yana qancha odam qolganini bilasizmi? Yon-atrofda esa snaryadlar portlayapti», — deydi evakuatsiya qilingan ayollardan biri.

«Hamma narsa portlayapti, oskolkalar to‘g‘ri kelgan tomonga uchmoqda. Biz 20 kilometr nariga qochib ketdik. Oskolkalar undan nariga ham uchyapti», — deydi Arisdan kelayotgan Dmitriy ismli yigit.

Shuningdek Arisda mobil aloqa sifati ham yomonlashib ketgan. Jabrlanganlar orasida ichimlik suvi ham muammoga aylangan.

Chimkentga yetib kelgan qochqinlar eng avvalo suv so‘ramoqda. Mahalliy aholi imkon qadar ularga yordam berishga urinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring