Slovakiyada xalq namoyishga chiqdi
Slovakiyada hukumatga qarshi minglab kishilar poytaxt Bratislava shahrida namoyish uyushtirib, saylovlarni ertaroq o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Namoyishchilar yanvar oyida o‘ldirib ketilgan jurnalist Yan Kutsiak va uning do‘sti Martina Kutsnirovani ham unutishmadi: ular uchun ajratilgan burchakka gullar qo‘yib, sham yoqishdi.
Hukumat Kutsiak o‘limidan keyin mas’uliyatsiz ichki ishlar vazirini va boshqa bir nechta vazirlarni ishdan bo‘shatgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter