Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosatchi va uning ukasi jonli efirda otib tashlandi

Siyosatchi va uning ukasi jonli efirda otib tashlandi

Hindistonda siyosatchi va uning ukasi jonli efirda otib tashlandi. Bu haqda DW xabar tarqatdi.

Hujum mamlakat shimolidagi Prayagraj shahrida sodir etilgan.

2019 yildan beri qamoqda o‘tirgan parlament sobiq deputati Atik Ahmadga jonli efirda o‘zini jurnalist sifatida ko‘rsatgan qurolli shaxslar yaqin masofadan o‘q uzgan, so‘ngra politsiya tomonidan shifoxonaga olib ketilgan. Shuningdek, uning ukasi ham qurolli hujumga uchragan. 

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini jurnalist sifatida ko‘rsatgan uch kishi ularga yaqinlashib, o‘t ochgan... Hujum qilganlar qo‘lga olinib, so‘roqqa tutilgan», — dedi politsiya matbuot kotibi Prashant Kumar.

Uttar-Pradesh shtati hukumati qotilliklardan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik tartibsizliklarini kutgan holda, butun shtat bo‘ylab to‘rtdan ortiq odam yig‘ilishini taqiqladi.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, Ahmad so‘nggi yillarda o‘nlab ishlarda, jumladan odam o‘g‘irlash, qotillik va tovlamachilikda ayblangan. Joriy yilning mart oyida mahalliy sud uni va yana ikki kishini odam o‘g‘irlash ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring