Moldovada muxolifatchi siyosatchi 15 yilga «kesildi»
Moldova parlamenti a’zosi Olesya Stamatening ma’lum qilishicha, apellyasiya palatasi muxolifatdagi «Shor» partiyasi yetakchisi Ilan Shorni sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.
Mazkur xabarni «Moldova 1» telekanali ham tasdiqlagan.
«Shor apellyasiya sudi tomonidan uzil-kesil 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi», — deydi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchining hibsga olingan 5 milliard ley (qariyb 28 million dollar) mulki davlat foydasiga musodara qilinadi.
Ta’kidlash joizki, 2017-yilda apellyasiya sudi Shorni Moldovaning uchta bankidan 700 million dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanib, 7,5 yilga hukm qilgan. Lekin sud majlislari bir necha bor qoldirilgandi.
2019-yilda Demokratik partiya hukumatni tark etgach, Shor mamlakatdan chiqib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter