Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosatchi Ukraina Qrimni qanday holatda qaytarib olishi mumkinligini aytdi

Siyosatchi Ukraina Qrimni qanday holatda qaytarib olishi mumkinligini aytdi

Litva Oliy Kengashining sobiq raisi Vitautas Landsbergis Qrimning Ukrainaga «qaytishi» sharti haqida ma’lum qildi. Siyosatchining intervyusi Ukrainaning «Den» nashrida chop etilgan.

«Menimcha, Ukraina rasmiylari, biz Qrimni tez orada qaytarib odamiz, deya ma’lum qilishdi. Ammo bu «tez orada» yoki «yaqinda emas» faqat Rossiyaning parchalanishi bilan keladi, undan oldinroq emas. Rossiya barcha yadroviy bombalari bilan hech qachon Qrimdan voz kechmaydi», - dedi Landsbergis.

Shu bilan birga, «barcha imperiyalarning oxiri bor», jumladan Rossiya «uchinchi marta» parchalanishiga yuz tutadi, deya bashorat qiladi siyosatchi.

Landsbergis — Litvaning SSSR tarkibidan ajralib chiqishining asosiy tashabbuskorlaridan biri. U 1990-yil 10-martda, qonuniy mustaqillik e’lon qilinishidan oldin, Litva Respublikasi Oliy Kengashi raisi lavozimini egallagan.

1991-yil 9-fevralda Litvada respublikaning mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq so‘rovi o‘tkazilgan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 90 foizdan ortig‘i SSSR tarkibidan chiqish tarafdori bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring