Sibir yong‘inlarining tutuni Shimoliy qutbga yetib bordi
NASA tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Sibirdagi bir qator hududlarni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarining tutuni Shimoliy qutbga yetib kelganini ko‘rsatdi. Bu haqda Amerika kosmik agentligining veb-saytida ma’lum qilingan.
NASA hisobotida tutun hududning katta qismini qoplab olgani va sharqdan g‘arbga 3200 kilometr hamda janubdan shimolga 4000 kilometrga cho‘zilgani qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, Yakutiyadagi o‘rmon yong‘inlarining tutuni 3 ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tdi va Shimoliy qutb hududiga yetib bordi.
Kosmik agentlikning taxmin qilishicha, ushbu hodisa tarixda ilk marta sodir bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter