Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin va Bayden ertaga Ukraina masalasini muhokama qiladi

Si Szinpin va Bayden ertaga Ukraina masalasini muhokama qiladi

Foto: BBC

Ertaga, 18-mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Szinpin Ukraina masalasida va ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.

14-mart kuni Xitoy va AQSh delegatsiyalari Rimda uchrashib, ko‘p soatli muzokaralar o‘tkazgandi.

Xitoyning AQShdagi elchisi Sin Gan XXRning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini «Washington Post»ga ma’lum qilgandi. Elchi Xitoy Yevropada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik ajralmas xavfsizlik tamoyiliga asoslanadi, deb hisoblashini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring