Shveysariya rus diplomatlari sonini qisqartiradi
Shveysariya hukumati rus diplomatlari sonini qisqartiradi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
Shveysariya tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, mamlakatda rus diplomatlari o‘z lavozimlarini suiste’mol qilishayotgani uchun ularning sonini kamaytirishga qaror qilingan.
Avvalroq Angliyaning Solsberi shahrida Skripallar zaharlanganidan so‘ng Yevropaning bir nechta davlati Moskvani ayblagan hamda mamlakatlaridagi rus diplomatlarini chiqarib yuborgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter