Shvetsiyada mutlaqo yangicha «uchar mashina» sotuvga qo‘yildi (video)
Shvetsiya kompaniyasi yerdan yuzlab metr balandlikka ko‘tariladigan «uchar mashina»ni sotuvga qo‘ydi.
Bu haqda Yesoreiter.ru ma’lum qilmoqda. Hozirda dunyodagi birinchi «uchar mashina»ni 129 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Jetson ONE— bu bir kishini olib yurishga moslashtirilgan «shaxsiy elektr samolyot».
Kompaniyaning ta’kidlashicha, uchishni o‘rganish uchun atigi besh daqiqa kerak bo‘ladi.
Jetson o‘z veb-saytida mashinaning dasturiy ta’minot bilan cheklangan maksimal tezligi soatiga 102 km va yerdan ko‘tarila olish balandligi 457 metrga yetishi mumkinligini ta’kidlagan. Samolyotning parvoz vaqti hozircha 20 daqiqani tashkil qiladi.
Ma’lum qilinishicha, «uchar mashina» oddiy hovlilardan ham ko‘tarilishi va qo‘nishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter