Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada baxtsiz hodisa: konsert zalida otaxon yettinchi qavatdan odamlarning ustiga tushib ketdi

Shvetsiyada baxtsiz hodisa: konsert zalida otaxon yettinchi qavatdan odamlarning ustiga tushib ketdi

Foto: «Aftonbladet»

Shvetsiyaning Uppsala shahridagi konsert zalida bir kishi yettinchi qavatdan ikki kishining ustiga tushib ketdi. O‘zi va hodisaning yana bir jabrlanuvchisi voqea joyida halok bo‘lgan, deb xabar berdi Shvetsiya politsiyasi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, voqea guvohlari erkak foyeda bo‘lgan ikki kishining ustiga qulaganini ma’lum qilgan.

«Katta balandlikdan qulagan taxminan 80 yoshlardagi erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Keyinroq foyeda bo‘lgan 60 yoshlardagi yana bir erkak ham vafot etgan», – deya ma’lum qildi politsiya.

Shvetsiyaning «Aftonbladet» gazetasi yozishicha, seshanba kuni kechqurun Uppsalada afsonaviy ABBA guruhi musiqachilari Byorn Ulveus va Benni Andersenga bag‘ishlangan konsert dasturi o‘tkazilishi kerak edi, biroq hodisa tufayli u bekor qilindi.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari jarohat olgan ayol haqida xabar berishdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1000 ga yaqin tomoshabinni sig‘dira oladigan konsert zali hozirda voqea yuzasidan tergov olib borish uchun yopib qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Uppsala konsert majmuasi sayti konsert zali 3-5-noyabr kunlari yopiq bo‘lishi haqida xabar berdi.

Ayni paytda politsiya voqeani baxtsiz hodisa sifatida baholamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring