Shvetsiya va Finlyandiya 2022-yilda NATOga a’zo bo‘lishi savol ostida
Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullashni 2022-yil oxirigacha va hatto prezidentlik saylovi o‘tkaziladigan 2023-yilning yozigacha cho‘zishi mumkin. Bu haqda Bloomberg masala bilan tanish manbasiga asoslanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Turkiyaning talablarini qondirish uchun, jumladan, Shvetsiya «yetarlicha ishlamayapti», turk parlamenti kun tartibi esa yil oxirigacha to‘lib-toshgan. Turklar NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Anqaraga tashrifi asnosida Shvetsiya tomonidan konstruktiv qadamlar bo‘lishiga umid qilishyapti.
Turkiya hukumatini Finlyandiya bilan hamkorlik qanoatlantiradi, biroq har ikki mamlakat uchun bir yo‘la ovoz bermoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter