Shvetsiya Bosh vaziri murakkab qaror qabul qildi
Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lyoven parlament tomonidan mamlakat hukumatiga ishonchsizlik bildirilganidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda «Bloomberg» xabar bermoqda.
«Bu men qabul qilgan eng murakkab siyosiy qaror», — deya ta’kidlagan Lyoven.
Ishonchsizlik bildirilishi 21-iyunda qayd etildi. Bu hukumatning yangi uylarda ko‘chmas mulk ijarasi uchun bozor narxlarini joriy etish g‘oyasi tufayli ro‘y berdi. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘tish davrida mamlakatni boshqarishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter