Shri-Lankadagi portlashlarda qurbonlar soni 290 nafarga yetdi
Kecha, 21-aprel kuni Shri-Lankada sodir bo‘lgan seriyali portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetib, jabrlanganlar esa 500 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Hindustan Times mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berdi.
Yakshanba kuni mamlakatda joylashgan cherkovlarda sakkizta portlash sodir etildi. Ushbu kun mamlakat katolik nasroniylari Pasxa bayramini nishonlayotgan edi.
Shri Lankada nasroniylar 2 million nafar yoki mamlakat aholisining 7 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatda katolik mazhabi 1505-yilda ilk bor portugal missionerlari tomonidan targ‘ib etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter