Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lankada bir kunga yetadigan benzin qoldi

Shri-Lankada bir kunga yetadigan benzin qoldi

Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesinghe bayonot berishicha, mamlakat yonilg‘i zaxiralarining tagi ko‘rinib qoldi, masalan, qolgan benzin bir kunga yetadi.

Yaqinda mamlakatga kichik partiya dizel yonilg‘isi keltirildi. 18-may va 1-iyunda Hindiston kredit asosida yana ikki partiya dizel yonilg‘isi keltirilishi kutilmoqda. Shuningdek, 18 va 29-mayda orolga ikki partiya benzin keltiriladi.

Mamlakat moliya vazirligi gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish uchun ortiqcha 5 mln dollar topolmayapti.

Mamlakatdagi elektr energiyasining 25 foizi neft yoquvchi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Neft ham taqchil. Sutkasiga elektrning o‘chirilishi 15 soatgacha uzayishi mumkin.

Shri-Lanka chuqur siyosiy, iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring