Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoygu «Ukraina katta yo‘qotishlarga uchragani»ni iddao qildi

Shoygu «Ukraina katta yo‘qotishlarga uchragani»ni iddao qildi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, 2023-yilgi qarshi hujumi davomida Ukrainaning 159 mingdan ortiq askari o‘lgan yoki yaralangan. U bu haqda prezident Putin qatnashgan harbiy kollegada ma’lumot berdi. 

Shoyguga ko‘ra, urush boshidan beri Ukrainaning 383 ming askari o‘ldi yoki yaralandi. 

Mudofaa vaziri Rossiya tomonining yo‘qotishlari haqida lom-lim demadi. 

Uning aytilishicha, 2023-yilda 490 mingdan oshiq ko‘ngilli Rossiya mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda o‘tkazgan matbuot anjumanida Ukrainada 610 mingdan oshiq rossiyalik askar jang qilayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina urushi boshlangandan beri yo‘qotishlar borasida ziddiyatli ma’lumotlar yangraydi. AQSh razvedkasiga ko‘ra, Rossiyaning yo‘qotishlari 300 ming kishiga yaqinlashgan. Ukrainaniki esa 120 ming kishi atrofida ekani aytiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring