Shimoliy Irlandiya 590 kundan buyon hukumatsiz yashab rekord o‘rnatdi
Shimoliy Irlandiya 590 kundan buyon hukumatsiz yashab, jahon rekordini o‘rnatdi, deb yozmoqda «Korrespondent.net». Avvalgi hukumat 2017 yilning yanvarida barbod bo‘lgan ekologik loyiha sababli tarqalib ketgan edi. Shundan so‘ng bo‘shliq madaniy va siyosiy masalalarda ham yuzaga kelib, hukumat ishini tiklash anchaga cho‘zilib ketdi.
Irlandlarning o‘zi bu holatdan noroziligini bildirib, turli namoyishlar o‘tkazmoqda. Aholi siyosatchilarni kelishib olish va ishga qaytishga chaqirmoqda. Buyuk Britaniya birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning markaziy hokimiyati ham vaziyatga tezda yechim topish tarafdori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter