Shifoxona yanglishib 30 yil davomida hojatxona suvidan ichimlik suvi sifatida foydalanib kelgan
Yaponiyadagi Osaka universiteti tibbiyot kolleji shifoxonasi 30 yildan ortiq vaqt davomida hojatxona suvidan foydalangan. Bu haqda Breaking Latest News nashri xabar bermoqda.
Tashxislash va davolash binosida umuman tozalanmagan va hojatxonada oqizish uchun mo‘ljallangan quduq yanglishib ichimlik suvi tarmog‘iga ulab qo‘yilgan. Shifoxona 1993 yilda qurilgan. Xatoni o‘ttiz yil davomida payqashmagan. Bu davrda xodimlar va bemorlar tozalanmagan hojatxona suvidan ichishgan, qo‘llarini yuvishgan va chayinish uchun ishlatishgan. Shu tariqa shifoxonaning 120 ta kraniga suv yetkazib berilgan.
Ushbu xato tashxislash va davolash uchun yangi bino qurilishidan oldin imoratni o‘rganib chiqqan inspeksiya tomonidan aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, shifoxona haftada bir marta suvning rangi, ta’mi va hidini tekshiradi. 2014-yil apreldan beri suv sifati bilan bog‘liq muammolar kuzatilmagan. Bemorlarning sog‘lig‘i uchun xavf-xatar aniqlanmagan.
Mas’ul xodim xato uchun omma oldida uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter