Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor joy bo‘shatish uchun COVID-19 bemorlarini o‘ldirdi

Shifokor joy bo‘shatish uchun COVID-19 bemorlarini o‘ldirdi

Foto: «Brescia Today»

Italiyada Montikyari shahar shifokori Karlo Moska yotoqlarni bo‘shatish uchun koronavirus bilan kasallanganlarni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shifokor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga nafas olishni qiyinlashtiruvchi preparatni yuborgan. Uning xatti-harakatlari natijasida ikkita bemor vafot etdi. Bitta holatda murda yorib ko‘rilganda bemorning to‘qima va a’zolarida dozasi buzilgan taqdirda bemorning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan dori borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda «Brescia Today».

«La Repubblica» nashrining yozishicha, Italiyada epidemiya avj olgan pallada Moska koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda oldingi saflarda turib xizmat qilgan. Shifokorning aytishicha, «har bir smena iloji boricha ko‘proq insonning hayotini saqlab qolish uchun kurashgan». Biroq Breshia prokurorlari tomonidan ilgari surilgan ikkita bemorning qotilligi bo‘yicha ayblov shifokorning pandemiyaga qarshi ko‘rsatgan qahramonona kurashi to‘g‘risidagi hikoyalarni ostin-ustun qilib yuborishi hech gap emas.

Karlo Moskaning koronavirus bilan kasallanganlarni o‘ldirish sabablari hozircha noma’lum. Ishga oid materiallarga shifoxona hamshiralarining yozishmalari biriktirilgan bo‘lib, ular shifokorni tibbiy muassasada yotoqlarni bo‘shatish uchun bemorlarni o‘ldirganlikda gumon qilishgan. Shu bilan birga, ular uni aqldan ozganga chiqarishgan.

Ayni paytda Moska uy qamog‘ida bo‘lib, ishi sudda ko‘rilishini kutmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring