Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayx kasalxonaga tushib qoldi, Tramp bilan uchrashuv qoldirildi

Shayx kasalxonaga tushib qoldi, Tramp bilan uchrashuv qoldirildi

Foto: «The Times of Israel»

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Quvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jabir as-Saboh o‘rtasidagi uchrashuv shayxning betobligi bois boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda yakshanba, 8-sentyabr kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Quvayt amiri Vashingtonga 12-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan borishi kerak edi. Ikki davlat rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyat, ikki mamlakatning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashishdagi hamkorligi masalalarini muhokama qilishmoqchi edi.

«Prezident o‘z do‘sti, amirga tezda oyoqqa turib ketishni ketishni tilagan holda, u sog‘ayishi bilan Vashingtonda yana uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutib qoladi», — deyiladi Oy uy matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Saboh al-Ahmad al-Jabir as-Saboh 2019 yil iyun oyida 90 yoshga to‘ldi. Amir lavozimida 13 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan shayx jahondagi eng keksa monarx va davlat rahbarlaridan biri sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring