Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Qarag‘andi viloyatidagi Kostenko nomidagi konda ro‘y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kostenko nomidagi konda 28 oktyabrga o‘tar kechasi soat 02:33 da portlash sodir bo‘lgan. O‘sha paytda konda 252 nafar konchi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 33 kishi qurbon bo‘lgani aniqlangan. Yana konchilarni izlash va qutqarish ishlari davom etmoqda.

Portlashda halok bo‘lganlar xotirasiga Qozog‘istonda 29 oktyabr umummilliy motam kuni deya e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring