Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahar hokimi hibsga olindi

Shahar hokimi hibsga olindi

Foto: «Facebook»

Riga shahri hokimi Nil Ushakov qamoqqa olindi. Bu haqda «Life» yozmoqda.

Amaldor qanday jinoyatlarda gumon qilinayotgani hali ochiqlanganicha yo‘q. Mamlakat Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi xodimlari hokimlikda o‘tkazgan tintuvdan so‘ng Ushakovning qo‘liga kishan solib, to‘g‘ri tergov izolyatoriga olib ketilgani e’tiborga olinsa, ayblov pora yoki xizmat vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lishining ehtimoli yuqori.

Tintuv jarayonida hokimning kompyuteri, uyali telefoni, fleshka va boshqa hujjatlari ham olinib, tegishli organ xodimlari tomonidan sinchkilab o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring