Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrov: «Rossiya Ukraina bilan urush olib borayotgani yo‘q»

Sergey Lavrov: «Rossiya Ukraina bilan urush olib borayotgani yo‘q»

Foto:«Infox.ru»

Rossiya Ukraina bilan hech qanday urush olib borayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Italiyaning  «Panorama» jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Avvalo e’tiboringizni muhim bir jihatga qaratishni istardim: Rossiya Ukraina bilan hech qanday urush olib borayotgani yo‘q. Urush 2014-yilda hukumatni egallagan kuchlarning o‘z xalqiga qarshi  va «yangi» tartib o‘rnatishga harakati tufayli sodir bo‘lmoqda. Urush Kiyev va Ukrainaning boshqa bir hududi o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda», — deya ma’lum qilgan Lavrov.

Lavrovning fikricha, Ukrainadagi ichki inqiroz «AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari ta’siri tufayli ham sodir bo‘lgan».  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring