Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni bo‘ldi
Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni unvonini oldi, deya xabar bermoqda mamlakat axborot agentligi.
Prezident mamlakat xalq kengashi yig‘ilishida taqdirlandi.
«Hujjatga ko‘ra, Turkmaniston rahbarining Turkmaniston milliy mustaqilligi va betarafligi tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, davlat va jamiyat oldidagi ulkan xizmatlari, innovatsion tashabbuslari qayd etilgan», — deyiladi agentlik nashrida.
Ushbu mukofot eng yuqori darajadagi bo‘lib, Turkmaniston davlati va xalqi oldidagi alohida xizmatlari uchun beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter