Serbiya Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha «referendumlar» natijalarini tan olmaydi
Serbiya bosib olingan Ukraina hududlarining Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi «referendumlar» natijalarini tan olmaydi, deyiladi BBC xabarida. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich bayonot berdi.
Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan Yevropadagi sanoqli mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Selakovichning ta’kidlashicha, bir tomondan, Belgrad BMT nizomlari va xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga muvofiq, bu «referendumlar» natijalarini tan olishi mumkin emas.
«Boshqa tomondan, bu bizning milliy manfaatlarimiz, hududiy yaxlitlik va suverenitetni saqlash va chegaralar daxlsizligi tamoyiliga sodiqlik siyosatimizga mutlaqo ziddir», — dedi Selakovich.
Ukrainaning rus harbiylari nazorati ostidagi hududlarida juma kunidan beri Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha «referendumlar» o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter