Serbiya prezidenti Qrim va Donbass kimnikiligini aytdi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z mamlakatining pozitsiyasini ochiqladi.
«Biz uchun Qrim bu — Ukraina, Donbass bu — Ukraina va shunday bo‘lib qoladi», — dedi Serbiya prezidenti Bloomberg nashriga bergan intervyusida.
«Biz boshidayoq RFning Ukrainaga hujumini qo‘llay olmasligimiz va qo‘llamasligimizni aytganmiz», — qo‘shimcha qildi Vuchich.
Ukrainadagi nizoni oqlamasa-da, Serbiya Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirayotgan Yevropadagi sanoqli mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter