Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Saylov tahdidlari bo‘yicha ofitser»: Bayden yangi lavozim joriy etdi

«Saylov tahdidlari bo‘yicha ofitser»: Bayden yangi lavozim joriy etdi

Foto: informing.ru

Bayden ma’muriyati saylovlarda potensial tahdidlarga javob berish va razvedka ma’lumotlarini muvofiqlashtirish uchun yangi lavozim joriy etdi. Bu haqida «The Washington Post» nashri xabar bermoqda.

Milliy razvedka xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Jeffri Vichman «Saylov tahdidlari bo‘yicha ofitser» etib tayinlangan. Ekspertlarga ko‘ra, Bayden 2024 yil o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlaridan tashvishlanmoqda.

Jeffri Vichman AQSh Markaziy razvedka boshqarmasida (SIA) 30 yildan ko‘proq vaqt davomida yuqori kontrrazvedka va kibermissiyalarda xizmat qilgan.

«Saylov tahdidlari bo‘yicha ofitser» 18 ta a’zoga ega razvedka bo‘limida saylov xavfsizligi bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, razvedka bo‘linmalarining barcha kiberhujumlarni aniqlash va oldini olish borasidagi harakatlari yangi tayinlangan mansabdor shaxs bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Avvalroq AQShning Iroqdagi elchixonasi raketa hujumiga uchragani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring