Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Saudiyada qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Foto: «Al Arabiya»

Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti payshanba kuni sharqiy Zahron shahridagi Qirol Abdulaziz harbiy-havo kuchlari bazasi yaqinida halokatga uchradi.

Bu haqda qirollik Mudofaa vazirligi vakili Turki Malikiy ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

«Qirollik havo kuchlarining F-15 SA qiruvchi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:50 da Zahrondagi Qirol Abdulaziz harbiy-havo kuchlari bazasi hududida muntazam mashg‘ulot parvozi chog‘ida halokatga uchradi. Samolyot ekipaji halok bo‘ldi», – degan Malikiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekipajdagi ikki kishi halok bo‘lgan, voqea yuzasidan maxsus komissiya tekshiruv boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring