Sartarosh keksalarga tekin xizmat ko‘rsatdi
Xitoylik 20 yoshli Dong Sibo keksalarning sochini tekinga olib qo‘yish uchun mahalliy boqqa keldi. Chunki u ishlaydigan sartaroshxona ta’mirlash uchun vaqtincha yopilgandi.
Sartarosh uyda o‘tirib, telefonida o‘yin o‘ynash o‘rniga jamiyat rivojiga qandaydir hissa qo‘shish ancha yaxshi va foydaliroq, deb qaror qildi.
Shunday qilib, mehribon yigit mahalliy bog‘da yig‘ilib hordiq chiqarayotgan keksa odamlarning sochini tartibga keltirish va tarashni mutlaqo bepul bajardi. Albatta, bunday «harakat» ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va yosh sartarosh boshqalar tomonidan e’tirof etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter