Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning matbuot kotibi mish-mishlarni rad etdi

Trampning matbuot kotibi mish-mishlarni rad etdi

Foto:«National Review»

AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders o‘zi to‘g‘risida tez orada iste’foga chiqishi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«CBS» (teleradio tarmoq) mening kelajagim va rejalarimni qayerdan biladi? Bu yil qizim bog‘chani tamomlashi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda qatnashgandim. Telekanal esa Oq uydan ketayotganimni ovoza qilibdi. Men ishimni yaxshi ko‘raman va prezident bilan ishlashdan faxrlanaman», – deb yozgan Sara Sanders o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.

Avvalroq AQShning qator OAV Oq uy matbuot kotibi mulozimlaridan Sara Sanders va Raj Shaxning iste’foga chiqish rejasi borligini yozgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring