Sanksiyalarni aylanib o‘tishda Rossiyaga qo‘shnilari ko‘maklashyapti – Financial Times
Yevropa Ittifoqi va uning ittifoqchilari Yevropadan Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga tovarlar eksporti keskin o‘sganini payqab qoldi. Ular qo‘shni davlatlar ushbu tovarlarni Rossiyaga sotish orqali Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, deya gumon qilishmoqda.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Yevropa Ittifoqi sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi tegishli tergov o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
«Biz Yevroittifoqdan Rossiyaga savdo oqimining keskin kamayib borayotganini va shu bilan birga uchinchi davlatlar bilan savdo hajmining keskin o‘sishini ko‘ryapmiz. Ularning to‘satdan bu tovarlarga ehtiyoj ko‘payib qoldi: ular mahalliylashtirib yoki boshqa yo‘llar bilan tovarlarni Rossiyaga qayta sotyaptimi yoki? » – deb savol qo‘yadi Devid O‘Sallivan.
U, o‘z navbatida, Rossiyaning Yevropa sanksiyalarini aylanib o‘tishiga ko‘maklashayotgan davlatlar nomini tilga olishga shoshilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter