Sakkiz metrli timsoh baliqchini yutib yubordi
Indoneziyaning Shimoliy Kalimantan provinsiyasida sakkiz metrli timsohning oshqozonidan baliqchining jasadi topildi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Ulkan timsoh 45 yoshli Samsul Bahriyni daryo bo‘yida baliq ovlayotgan paytida yutib yuborgan. Politsiya qotil timsohni bir necha kun izladi. Uch kun davomida politsiya to‘rt metrli va besh metrli timsohlarni tutishdi. Ushlangan yirtqichlarning oshqozoni tekshirilganda marhumning belgilari topilmadi.
Keyinroq ular sakkiz metrli timsohga duch kelishdi. Sudralib yuruvchi tuzoqqa tushirildi va uning oshqozoni tekshirilganida inson tanasining yarim hazm qilingan qoldiqlari borligi aniqlangan. Ekspertiza qoldiqlar Bahriyga tegishli ekanligini tasdiqladi.
Indoneziya arxipelagida timsohlarning 14 turi yashaydi. So‘nggi paytlarda sudralib yuruvchilarning odamlarga hujumi, ayniqsa daryolar yaqinida joylashgan qishloqlarda ko‘paygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter