Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakkiz mamlakat Oyni «bo‘lishib» oldi

Sakkiz mamlakat Oyni «bo‘lishib» oldi

Foto: EPA/UPG

Astronavtlar xalqaro kongressida Yerning yo‘ldoshi — Oyni o‘zlashtirish haqida shartnoma imzolandi. Shartnoma hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlardan tashqari foydali qazilmalarni qazib olishni ham ko‘zda tutadi, deyiladi NASA xabarida.

Shartnomani imzolagan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, BAA va Lyuksemburg.

Amerikaning Oy loyihasi — «Artemis» sharafiga ushbu shartnoma Artemida kelishuvi deya nomlandi.

«Artemida inson fazoni o‘zlashtirishi tarixida eng keng va turfa dasturga, Artemida kelishuvi esa ushbu global koalitsiyani yaratuvchi vositaga aylanadi», — dedi NASA ma’muri Jim Bridenstayn.

NASA mutasaddisiga ko‘ra, endi foydali qazilmalarni qazib olish bazalari va ular atrofida, boshqa mamlakatlar bilan nizoga bormaslik uchun, xavfsizlik zonalarini barpo etish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring