Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov o‘z jiyani qo‘lga olinishiga qarshilik qilmadi

Sadir Japarov o‘z jiyani qo‘lga olinishiga qarshilik qilmadi

Qirg‘iziston prezidentining qarindoshi Ulan Japarov korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyev ma’lum qildi.

«Qo‘lga olingan Ulan Japarovga kelsak, u haqiqatan ham davlat rahbarining qarindoshi hisoblanadi. U bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Prezident Japarovning shaxsan o‘zi gumonlanuvchilarga nisbatan barcha qonuniy choralar ko‘rilishini talab qilgan», dedi u.

Matbuot kotibi qo‘lga olingan 32 yoshli Ulan Japarov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov amakivachchasining o‘g‘li ekanligini tasdiqladi.

Sultonboyevning qo‘shimcha qilishicha, har qanday fuqaro jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda qonun oldida to‘liq javobgarlikka tortiladi.

«Bu holat korrupsiyaga qarshi kurashda ajratish yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu davlat rahbarining talabi», - deya qo‘shimcha qilgan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring